O‘ZBEK TILIDAGI VIZUAL-KOGNITIV FE’LLARNING LOKUTIV, ILLOKUTIV VA PERLOKUTIV NUTQ AKTLARIDAGI FUNKSIYALARI
Keywords:
o‘zbek tili, vizual-kognitiv fe’llar, nutq aktlari nazariyasi, lokutiv akt, illokutiv akt, perlokutiv akt, fe’llarning funksiyalari, ko‘rmoq, payqamoq, kuzatmoq, anglamoq, tasavvur qilmoq, pragmatika.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi vizual-kognitiv fe’llarning nutq aktlari nazariyasiga ko‘ra lokutiv, illokutiv va perlokutiv darajadagi funksiyalari tahlil qilinadi. Nutq aktlari nazariyasida har bir gap uch qavatli semantik tuzilishga ega: lokutiv akt (gapning yuzaki lug‘aviy ma’nosi), illokutiv akt (gapiruvchining niyati, kommunikativ maqsadi) va perlokutiv akt (gap tinglovchiga ko‘rsatgan real ta’siri). Maqolada ko‘rmoq, payqamoq, kuzatmoq, anglamoq, tasavvur qilmoq singari fe’llar misolida har bir nutq aktining o‘ziga xos xususiyatlari namoyon etiladi. Ushbu vizual-kognitiv fe’llarning lokutiv darajadagi aniq va faktual ma’no berishdan tortib, illokutiv darajada xabar yetkazish, ishontirish yoki ogohlantirish vazifalarini bajarishi va yakunda perlokutiv darajada tinglovchiga ta’sir o‘tkazishi, unga ma’lumot yetkazishi yoki hissiy javob keltirishi ko‘rsatilgan. Maqola fe’llar pragmatikasini nutq aktlari nuqtai nazaridan keng yoritadi.
References
1. Austin J.L. How to Do Things with Words. – Cambridge: Harvard University Press, 1962.
2. Забавников Б.Н. К проблеме структурирования речевого акта (речевого действия) // Вопросы языкознания. – М., 1984, №6. – С. 120.
3. Searle J.R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 1969.
4. Levinson S.C. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1983.
5. Boldyrev N.N. Kognitiv lingvistika: fundamental tushunchalar. – Moskva: ABC, 2011.
6. Paducheva E.V. Semantika i pragmatika narushenija pravil. – Moskva: Nauka, 1985.
7. Karimjonova, S. R. (2022). The linguistic functions of intonation components. Oriental Art and Culture, 3(4), 601-606.
8. Ravshanjonovna, K. S. (2025). Cognitive Linguistics: Basic Approaches and Concepts in English and Uzbek Languages. Jurnal Multidisiplin Madani, 5(2), 202-207.
9. Ravshanjonovna, K. S. (2023). THE MEANING OF CAUSATION IN LINGUOCOGNITIVE ASPECT. International Journal of Information, 13(1).