OYBEK IJODIDA AYOLLAR OBRAZIGA MUNOSABAT (“GULNOR OPA” HIKOYASI ASOSIDA)
Keywords:
образ, креативность, отношение, анализ, мастерство, пространство.Abstract
Ushbu maqolada Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodida alohida o‘rin tutuvchi hikoya janriga to‘xtalib o‘tamiz. Ya‘ni unda yozuvchining “Gulnor opa” hikoyasida tasvirlangan ayollar obraziga munosabat, insonlar hayotida zamon, makon, muhitning ta’siri aks ettirilgan. “Gulnor opa” hikoyasi orqali nafaqat XX asrning birinchi choragidagi, balki bugungi kunda ham mavjud bo‘lgan ayrim insonlarga xos xususiyatlar atroflicha tadqiq etilgan. Bunday insonlarning faqat oilada emas bugungi demokratik jamiyatda ham xotin-qizlar huquq va erkinliklariga ta’sir etayotgani insonni o‘ylashga, fikrlashga undaydi. Ushbu tadqiqotimiz buyuk adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ham hayotning dolzarb masalalariga hech qachon bee’tibor bo‘lmaganining hamda uning asarlari nafaqat o‘z davri muammolari, balki bugungi kun uchun ham muhim bo‘lgan mavzularni tasvirlashi bilan diqqatga sazovor ekanligining isboti bo‘lsa ajab emas.
References
1. Ойбек замондошлари хотирасида. Тупловчилар: Л.Каюмов ва Р.Иброхимова. – Т.: Адабиёт ва саньат нашриёти, 1979. – 224 б.
2. Хикоялар, очерклар, кундаликлар, маколалар, помфлетлар, нутклар. (Изохлар билан нашрга тайёорловчилар: М. Хусаинов, З.Саидносирова; Масъул мухаррир: М.Иброхимов). 1978. 440 б.
3. Abdumalikova D. Badiiy adabiyotda opa-singillar obrazi. Magistrlik dissertatsiyasi. Qo‘lyozma huquqi asosida. Farg‘ona – 2023. 80 B.
4. Oybek she’riyatida so‘z va obraz/A.Sabirdinov; mas’ul muharrir N.Karimov. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 96 b.