PERLOKUTIV AKTNING PRAGMALINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
pragmatika, perlokutiv akt, nutqiy ta’sir etish, matnda ifodalanmagan yashirin akt, his-tuyg‘u, uslubshunoslik.Abstract
Insoniyat o‘rtasidagi asosiy va eng muhim aloqa-aralashuv quroli tildir. So‘zlovchining til vositalaridan foydalanib, fikr ifodalashi natijasida nutq paydo bo‘ladi. Nutq qanchalik aniq va tushunarli ifodalansa, uning tinglovchi tomonidan anglanishi ham shunchalik samarali bo‘ladi.Tilning ham nazariy, ham amaliy ahamiyatini o‘rganish, insonning jonli muloqot jarayonidagi nutqini tadqiq etish bugungi kunda pragmalingvistika sohasidagi dolzarb masalalardan sanaladi. Nutq ifodalash jarayonida so‘zlovchi nutqiy faoliyatni amalga oshiradi. So‘nggi paytlarda tishunoslikda nutqiy faoliyatni to‘liqroq ifodalash maqsadida “nutqiy akt” tushunchasidan foydalanilmoqda. Ushbu maqolada nutqiy aktning bir turi hisoblangan perlokutiv akt haqida ma’lumot beriladi va badiiy asar misolida tahlilga tortiladi.
References
1. Buzrukova M. O‘zbek badiiy matnida undash konstruksiyalari // Xorijiy filologiya – 2020. – №1.B.108.
2. Choerunnisa R. An analysis of speech acts in the dead poets society:a thesis. – University of Yogyakarta, 2015.– P. 90.
3. Дж.Остин. Слово как действие. //НЗЛ. Вып.XVII. – М., 1986. С. – 93.
4. Hakimov M .Nutqiy aktlar nazariyasi. – Farg‘ona,2020.
5. Hakimov M. O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari:monografiya. – Toshkent, 2013.
6. Hoshimov O‘. Nur borki, soya bor. – T.: O‘qituvchi, 2018.
7. Safarov Sh. Pragmalingvistika:monografiya. – Toshkent, 2008.
8. Swiatek A. The art of non-verbal communication in perlocutionary giftedness. //
Linguistics Beyond and Within.2019. № 5. – P. 35