UNDALMALARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • F. Raximova

Keywords:

undalma, pragmatika, nutqiy akt, illokutiv kuch, perlokutiv natija

Abstract

Maqola o‘zbek tilidagi undalmalarning pragmatik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Undalmalar faqatgina suhbatdoshning e’tiborini tortish vositasi sifatida emas, balki so‘zlovchining kommunikativ niyatini ifodalovchi birlik sifatida ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda undalmalarning turli nutqiy aktlarning yuzaga kelishidagi o‘rni alohida e’tiborga olingan. Tahlillar badiiy adabiyotlardan olingan misollar asosida olib borilgan. Natijalarga ko‘ra, undalmalar erkalash, xushomad, hurmat, yalinish, kamsitish, haqorat, kinoya, afsus, achinish va xavotir kabi nutqiy aktlarni ifodalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu ma’lumotlar undalmalarning kommunikativ yuklamasini va ular nutqiy muloqotdagi ahamiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

References

1. Madaminova M.S. Matn pragmatik tavsifida sintaktik birliklarning o‘rni. Monografiya. – Toshkent: Booknomy print, 2023. – 100 b.

2. Mahkamov N, Ermatov I. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: Fan, 2013. – 144 b.

3. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo‘ng‘urov R., Rustamov H. O‘zbek tili stilistikasi. – T.: O‘qituvchi, 1983. –189 b.

4. Ўзбек тили грамматикаси. Синтаксис. II том. Т.: «Фан», 1976. – 279-бет

Downloads

Published

2025-05-08