TURLI QULUPNAY NAVLARINI PARVARISHLASHDA SMART (AQILLI) TEXNOLOGIYALARINING MEVA SIFATIGA TA’SIRI
Keywords:
qulupnay, navlar, Brix, fotosintez, muddat, titirlangan kislota.Abstract
Qulupnay navlarining shakar miqdori (Brix) va titrlangan kislotalilik darajasi ikki muddatda tahlil qilindi. 1-muddatda ekilgan qulupnay uzoqroq yorug‘likka ta’sir qilgani sababli fotosintez jarayoni kuchayib, shakar miqdori ko‘proq bo‘ldi (“Arihyang” 13,8 Brix, 2-muddatda esa 13,6 Brix). 2-muddatda kunlar qisqaroq bo‘lgani uchun shakar miqdori biroz kamaydi.Titrlangan kislotalilik bo‘yicha ham 1-muddatda hosil uzoqroq shakllangani sababli organik kislotalar yaxshi sintezlandi va natijada kislotalilik yuqoriroq bo‘ldi (“Seolhyang” 1-muddat: 0,83%, 2-muddat: 0,82%). “Arihyang” eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan nav bo‘lib, "Seolhyang" esa yuqori shakar miqdori va yirikligi bilan ajralib turdi. “Santa” va “Keumsil” navlari kichikroq va kamroq shirin bo‘lgani uchun past sifatli deb baholandi. Eng yaxshi qulupnay hosilini olish uchun 1-muddatda “Arihyang” yoki “Seolhyang” navlarini ekish tavsiya etiladi.
References
1. FAO (2021) The impact of disasters and crises on agriculture and food security. FAO, Rome. https:/ /doi.org/10.4060/cb3673en
2. MAFRA. The Primary Statistical Data of Agriculture; Information & Statistical Policy Officer: Sejong, Korea, 2020 pp. 34-56.
3. Sindarov O.X. “Mevachilik va sabzavotchilik”. - Darslik //- 1-qism. -Toshkent, Shafoat nur fayz, 2024. -552 b.
4. Sindarov О.Х., Pattayeva M.A.. “Biologiya va mikrobiologiya” (1 – qism). Darslik – Тoshkent, “TIQXMMI” MTU, 2024. - 648 b.
5. 딸기 ‘선홍’ 및 ‘매향’ 품종의 적과 및 액아 제거 효과 (2007, 한국원예학회).