BIR TILLI VA BILINGVAL BOLALARNING TIL TAJRIBASINI ANIQLASH BO‘YICHA TAHLILLAR

Authors

  • Z. Sobirova

Keywords:

bilingvalizm, dominant til, til ekspozitsiyasi, LEAP-Q-Uz, til rivojlanishi, kod-switching, ota-ona so‘rovi, neyropsixolingvistika, til kompetensiyasi, emotsional munosabat

Abstract

Ushbu tezisda bir tilli va bilingval bolalarning til tajribasini aniqlash bo‘yicha olib borilgan neyropsixolingvistik tadqiqot natijalari yoritiladi. Tadqiqot doirasida “LEAP-Q-Uz” nomli milliy diagnostik test asosida ota-onalar orqali 7-11 yoshli bolalarning tilga oid tajribasi, dominant til, til kompetensiyasi, emotsional munosabat va kod-switching holatlari o‘rganildi. Test 2–4-sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida elektron so‘rovnoma shaklida o‘tkazildi. Olingan natijalar bolalarning til rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni (oilaviy til muhiti, ta’lim tili, media ekspozitsiyasi) aniqlashga imkon berdi. Shuningdek, test bolaning dominant tilini, til o‘zlashtirishdagi ijtimoiy-psixologik omillarni va kognitiv moslashuv strategiyalarini baholashda muhim vosita sifatida baholandi.

Downloads

Published

2025-05-08